Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganda va ish hajmi ko‘payganda mehnatga haq to‘lash


Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganda va ish hajmi ko‘payganda mehnatga haq to‘lash

 

Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganda, ish hajmi ko‘payganda xodimning asosiy lavozimdagi ish haqiga quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lov belgilanadi va to‘lanadi:

byudjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilot xodimlari uchun — bir necha kasbda (lavozimda) haqiqatda bajarilgan ishga doir ish haqi miqdorida;

byudjet tashkilotlari xodimlari uchun — bir necha lavozimda ishlaganlik uchun tarif stavkasining (maoshining) ellik foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

Vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini bajarish vazifasi uning shtatdagi o‘rinbosari zimmasiga asosiy ishdan ozod etilmagan holda yuklatilganda qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilmaydi.

 

Ohangarontuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i:                                                                                      

A.Sa’dullaev