Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

YaTT va o’zini-o’zi band qilganlar uchun alohida huquqiy rejim


YaTT va o’zini-o’zi band qilganlar uchun alohida huquqiy rejim

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va о‘zini о‘zi band qilgan shaxslar uchun 2030 yil 31-dekabrga qadar maxsus huquqiy rejim joriy etiladi. Ularni davlat rо‘yxatidan о‘tkazishdan tortib hisobotni topshirishgacha bо‘lgan barcha asosiy xizmatlarni birlashtiruvchi integratsiyalashgan raqamli platformalar yaratiladi. Jumladan, faoliyatni rasmiylashtirish, bank hisobvaraqlari ochish va boshqarish, soliqlarni hisoblash va tо‘lash, hisob-kitoblar qilish va fiskal cheklarni shakllantirish ushbu raqamli platformalar orqali yuritiladi.

➖2025 yil 1 noyabrdan boshlab, bu jarayonlarda “QR-kod” va “tap to pay” texnologiyasidan foydalaniladi. Hujjatlarni masofaviy biometriya va “SMS xabarnoma” orqali elektron kalitsiz imzolash mumkin bо‘ladi. Bu ma’lumotlar qog‘oz nusxadagi hujjatlar bilan tenglashtiriladi. “Kunlik tо‘lov” tartibi tajriba tariqasida joriy etilib, xodimlarga tо‘lovlarni elektron hamyon orqali tо‘lash imkoniyati yaratiladi.

➖2026 yil 1 yanvardan boshlab, yillik aylanmasi 1 milliard sо‘mgacha bо‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va о‘zini о‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.

➖Yakka tartibdagi tadbirkorlar va о‘zini о‘zi band qilgan shaxslarda elektron tо‘lovlarni qabul qiluvchi maxsus QR-kod mavjud bо‘lishi chakana savdo qoidalarining majburiy talabi etib belgilanadi. Raqamli platformadagi pul aylanmalari tо‘g‘risidagi ma’lumot kredit ajratishda inobatga olinadi.

 Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti                       

B.Hamroyev