Янгиликлар
Aliment tо‘lash kechiktirilsa nima bо‘ladi ?
Aliment tо‘lash kechiktirilsa nima bо‘ladi ?
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 474-moddasiga kо‘ra, moddiy yordamga muhtoj bо‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bо‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bо‘lgan mablag‘ni jami bо‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida tо‘lamaslik, qisqa qilib aytganda aliment tо‘lamaslik:
???? 15 sutka ma’muriy qamoqqa yoki 120 soatgacha haq tо‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilinadi.
Agar ma’muriy javobgarlik qо‘llanilgandan keyin ham sodir etilsa, JK 122-moddasi tartibida:
???? 2 yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoki 1 yilgacha ozodlikdan maxrum qilinishi belgilangan.
♦ Ammo Oila kodeksining 79-moddasiga kо‘ra, aliment tо‘lash majburiyati bо‘lgan ota yoki ona aliment tо‘lamasa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
✅ Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi.
Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti
B.Hamroyev