Янгиликлар
Xodim oylikdan avansni olmasdan butun oylikni bitta qilib olishi mumkinmi?
Xodim oylikdan avansni olmasdan butun oylikni bitta qilib olishi mumkinmi?
Mehnat kodeksining 253-moddasiga asosan Xodimlarga ish haqi tо‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bо‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib kо‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bо‘lishi mumkin emas. Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, о‘n olti kundan kо‘p bо‘lmagan tanaffus bilan ikki qismga bо‘lingan holda (bо‘nakda va qolgan qismi miqdorida) tо‘lanadi. kо‘pchilik mazkur normani notо‘g‘ri tushungan halda ish haqi tо‘lash muddati jamoa shartnomasida har oyda bir marta tо‘laydigan qilib belgilasa bо‘ladi ekan degan notо‘g‘ri tushunchaga boradi moddani oxirigacha о‘qib chiqmasdan.
Mazkur moddada Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, о‘n olti kundan kо‘p bо‘lmagan tanaffus bilan ikki qismga bо‘lingan holda (bо‘nakda va qolgan qismi miqdorida) tо‘lanadi deb belgilangan. Ya’ni xodimga avans tо‘lanishi shart hisoblanadi.
Xodim avans olmayman deb ariza yozsa ham yozmasa ham ahamiyati yо‘q ish beruvchi xodimga avans tо‘lashi shart. Agar tо‘lamagan taqdirda ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.
Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti
B.Hamroyev