Янгиликлар
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatish cheklanadi
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatish cheklanadi
Vazirlar Mahkamasining 15.08.2025 dagi 517-sonli qarori bilan “Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash to'g'risida”gi texnik reglament tasdiqlandi.
Reglament O'zbekistonda muomalaga chiqarilayotgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklashga doir bajarilishi majburiy bo'lgan yagona talablarni belgilaydi.
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining foydalanish hujjatlari davlat tilidagi pasport, o'rnatish, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash yo'riqnomasi hamda undan foydalanish qo'llanmasini o'z ichiga olishi kerak.
O'zbekistonda muomalaga chiqariladigan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining ushbu reglament talablariga muvofiqligi baholanishi shart.
Qadoqlarga elektrotexnika va radioelektronika mahsulotining hamda ishlab chiqaruvchining nomi va (yoki) tovar belgisi joylashtirilishi kerak.
Mazkur reglament rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 6 oy o'tgach kuchga kiradi.
Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti
B.Hamroyev