Янгиликлар
Xodimga ishga qabul qilinganda unga buyruq nusxasi berilish shartmi?
Xodimga ishga qabul qilinganda unga buyruq nusxasi berilish shartmi?
Mehnat kodeksining 127-moddasiga kо‘ra, ish beruvchining ishga qabul qilish tо‘g‘risidagi buyrug‘ining mazmuni xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasining shartlariga muvofiq bо‘lishi kerak. Buyruq xodimga ish haqiqatan boshlangan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda, imzo qо‘ydirib e’lon qilinadi. Xodimning talabiga kо‘ra ish beruvchi unga mazkur buyruqning lozim darajada tasdiqlangan kо‘chirma nusxasini berishi shart.
Bu yerda e’tibor beradigan narsa shuki, xodim talab qilganda buyruqdan kо‘chirma berishga ish beruvchi majbur ya’ni xodim sо‘ramasa ish beruvchi buyruqdan kо‘chirma berishga majbur emas.
Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti
B.Hamroyev