Янгиликлар
Kasaba uyushmasidan chiqib ketgan xodimlarga qо‘shimcha ta’tillar berilmaydimi?
Kasaba uyushmasidan chiqib ketgan xodimlarga qо‘shimcha ta’tillar berilmaydimi?
Mehnat kodeksining 4-moddasi 2-qismiga asosan Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish taqiqlanadi. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqe, yashash joyi, dinga bо‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bog‘liq bо‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnat va mashg‘ulotlar sohasida biror-bir tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek biror-bir tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yoki bilvosita imtiyozlar berish kamsitishdir.
Bu yerda e’tibor berish kerakki jamoa shartnomasiga a’zoligidan qat’iy nazar deyilgan. Ya’ni kasaba uyushmasi ham jamoa birlashmasi hisoblanadi. Hodimning kasaba uyushmasiga a’zo emasligini rо‘kach qilgan holda jamoa shartnomasida belgilangan qо‘shimcha ta’tillar bermaslik qonunning qо‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi.
Ohangaron shahar YXKM rahbari
B.O’smonov