Янгиликлар
KPI kо‘rsatkichlarini bajarmagan xodimlarga qanday chora kо‘riladi?
KPI kо‘rsatkichlarini bajarmagan xodimlarga qanday chora kо‘riladi?
KPI tizimi yaxshi yо‘lga qо‘yilgan kompaniyalarda kо‘rsatkichlari pasayib ketgan xodimlarga nisbatan 4 xil yondashuv mavjud va bularning barchasi sabablar bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.
KPI kо‘rsatkichlari:
➖birinchidan, agar xodimga yetarli shart-sharoitlar yaratilmaganligi (masalan, ish qurollari bilan ta’minlanmaganligi yoki ularning nosozligi yoki bо‘lmasam, ish haqi tо‘lovlari о‘z vaqtida tо‘lanmaganligi) sababli pasayib ketgan bо‘lsa, birinchi navbatda ushbu tashkiliy, texnik va iqtisodiy muammolar bartaraf etiladi. Bunda xodim jazolanmasligi yoki bо‘shatilmasligi kerak.
➖ikkinchidan, amaliyotga yangi texnologiyalar va yangi metodlar joriy qilinganligi, lekin xodimning bu boradagi uquvsizligi sababli pasayib ketgan bо‘lsa, xodimning yangi texnologiyalar va metodlarda ishlash bо‘yicha malakasi oshiriladi. Bunda xodim jazolanmaydi yoki bо‘shatilmaydi;
➖uchinchidan, amalda ishlayotgan va avvaldan joriy qilingan texnologiyalar va metodlarda ishlash bо‘yicha malakasi yetarli emasligi sababli pasayib ketgan bо‘lsa, xodimning malakasi baholashdan о‘tkaziladi. Baholash natijasi bо‘yicha ishiga noloyiq deb topilsa, xodimga boshqa – malakasi kamroq bо‘lgan ish taklif etiladi, taklifni rad etsa, yoki bunday ish bо‘lmasa xodim ishdan bо‘shatiladi.
➖tо‘rtinchidan, barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan bо‘lishiga qaramasdan, о‘z majburiyatlarini yetarli darajada bajarmaganligi natijasida pasayib ketgan bо‘lsa, xodim MK 312-moddasiga asosan intizomiy javobgarlikka tortiladi. Shuningdek, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi MK 161-moddasi ikkinchi qismi 4 yoki 5-bandi bilan bekor qilinishi ham mumkin.
Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti
O.Raxmonov