Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Qaysi summalarga undiruv qaratilishi mumkin emas?


Qaysi summalarga undiruv qaratilishi mumkin emas?

 

“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tо‘g‘risida”gi Qonunning 69-moddasiga ko’ra, Majburiy ijro byurosi tomonidan undiruv qaratilishi mumkin bо‘lmagan pul mablag‘lariga quyidagilar kiradi:

➖mayib bо‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi sababli kо‘rilgan zararni tо‘lash summalari;

➖xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida mayib bо‘lgan (yaralangan, shikastlangan, kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok bо‘lgan (vafot etgan) taqdirda ularning oila a’zolariga tо‘lanadigan summalar;

➖bola tug‘ilganligi munosabati bilan tо‘lanadigan summalar;

➖aliment majburiyatlari bо‘yicha tо‘lanadigan summalar;

➖mehnat sharoiti noqulay va о‘ziga xos bо‘lgan ishlar uchun tо‘lanadigan summalar, shuningdek radiatsiya ta’siriga uchragan shaxslarga va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda tо‘lanadigan summalar;

➖homiladorlik va tug‘ish bо‘yicha tо‘lanadigan nafaqa summalari;

➖dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalari;

➖qisman haq tо‘lanadigan ta’til davrida bolani parvarishlash uchun tо‘lanadigan summalar;

➖bola tug‘ilishi, qarindoshlar vafot etishi, nikoh tuzish munosabati bilan korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan tо‘lanadigan summalar;

➖xizmat safari, boshqa joyga ishga о‘tkazilganligi, qabul qilinganligi yoki yuborilganligi munosabati bilan tо‘lanadigan summalar;

➖mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganda ishdan bо‘shatish nafaqasi tariqasida tо‘lanadigan summalar.

 

Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti

 O.Raxmonov