Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

O‘qituvchiga qachon soatbay dars beriladi?


O‘qituvchiga qachon soatbay dars beriladi?

 

Maktab o‘qituvchilariga dars soatlari 2 xil usulda biriktiriladi. Birinchi tarifikatsiya asosida, ikkinchisi soatbay haq to‘lash asosida. Ushbu usullarda dars biriktirilganda ularga haq to‘lash ham bir-biridan farq qiladi.

Tarifikatsiya asosida dars berilganda o‘qituvchiga bazaviy tarif stavkasidan kelib chiqib haq to‘lanadi, soatbay dars berilganda esa, boshqa meyorlar qo‘llaniladi.

Qanday holatlarda soatbay dars beriladi?

Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi Nizom 12-bandiga muvofiq pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq to‘lash:

·        ketma-ket ikki oydan ortiq bo‘lmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda bo‘lmagan xodimlarning o‘rnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq to‘lashda;

·        boshqa muassasalardan jalb etiladigan o‘qituvchilar va boshqa mutaxassislarning, shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha boshqa maktablardan jalb etiladigan o‘qituvchilar va mutaxassislarning pedagogik ishi uchun haq to‘lashda;

·        o‘rnini bosish tartibida umumta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan o‘tilgan o‘quv soatlari uchun haq to‘lashda qo‘llaniladi.

Mana shu holatlarda maktabdagi darslar o‘qituvchilarga soatbay dars biriktirilishi mumkin. Demak, yuqoridagilardan boshqa holatlarda o‘qituvchilarga soatbay asosda dars berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Soatbaylar qancha haq oladi?

O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror (ro‘yxat raqami 3157)ga muvofiq umumta’lim maktablarining boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari, o‘qituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri Mehnatga soatbay haq to‘lash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1.20 foizda haq to‘lanadi. Mazkur haq tarkibida mehnat ta’tili uchun to‘lanadigan pul ham qo‘shilganligi hisobiga, soatbay asosda berilgan darslar uchun ta’til puli to‘lanmaydi.

 

Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti 

O.Raxmonov