Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Sudning qarori chiqdi, endi men qachon pulimni olaman yoki qachon meni uyga kiritib qо‘yadi


Sudning qarori chiqdi, endi men qachon pulimni olaman yoki qachon meni uyga kiritib qо‘yadi

 

Fuqarolik protsessual kodeksi 264-moddasiga kо‘ra sudning hal qiluv qarori apellyatsiya muddati о‘tgandan sо‘ng kuchga kirishi belgilangan. Apellyatsiya berish muddati esa 3851-moddaga binoan, hal qiluv qarori qabul qilingan kundan boshlab bir oy etib belgilangan. Agar apellyatsiya shikoyati berilgan bо‘lsa va qaror bekor qilinmasa, apellyatsiya instansiyasi sudi kо‘rib chiqqanidan sо‘ng kuchga kiradi.

Qonunga kо‘ra, hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan sо‘ng, ijro etish uchun sud tomonidan ijro varaqalari taqdim qilinadi. Davlat ijrochisi ijro hujjatini suddan yoki undiruvchidan qabul qilib olganidan sо‘ng bir ish kuni ichida ijro ishini qо‘zg‘atadi.

Ijro ishini yuritishni qо‘zg‘atish tо‘g‘risidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi qо‘zg‘atilgan kundan boshlab kо‘pi bilan 15 kunlik muddat belgilanadi.

Berilgan ixtiyoriy ijro etish muddati ichida talablar bajarilmasa, mazkur muddat tugagan kundan e’tiboran 2 oy ichida ijro harakatlari va ijro hujjati talablari davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerak.

Xulosa qiladigan bо‘lsak, agar ish apellyatsiya sudida kо‘rilmasa, hal qiluv qarori chiqqanidan boshlab uzog’i 110 kun ichida sizning qanoatlantirilgan talablaringiz ijro etilgan bо‘lishi kerak.

 

 

 Ohangaron shahar YXKM rahbari 

B.O’smonov