Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Tashkilot faoliyatining tо‘xtatilishi xodimlarni ishdan bо‘shatishga asos bо‘lmaydi


Tashkilot faoliyatining tо‘xtatilishi xodimlarni ishdan bо‘shatishga asos bо‘lmaydi

 

Mehnat kodeksining 155-moddasi birinchi qismiga asosan mehnat shartnomasini bekor qilish deganda Mehnat Kodeksida nazarda tutilgan asoslar bо‘yicha xodim va ish beruvchi о‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni tugatish tushuniladi. Ya’ni, Mehnat kodeksida nazarda tutilmagan asoslarni vaj qilib xodimlarni ishdan bо‘shatish ushbu Kodeksning 155-moddasi birinchi qismi talablariga ziddir.

Na Mehnat kodeksida va na boshqa qonunlarda tashkilot faoliyatining tо‘xtatilishi xodimlar bilan mehnat shartnomalarini bekor qilishga asos bо‘luvchi holat sifatida nazarda tutilmagan. Shunday ekan, tashkilot faoliyatining tо‘xtatilishi xodimlar bilan mehnat shartnomalarini bekor qilishga asos bо‘la olmaydi.

Chunki tashkilotni tо‘xtatish boshqa, tugatish boshqa narsa. Tashkilot faoliyatini tо‘xtatish bu vaqtinchalik hususiyatga ega va bunda faoliyat yana tiklanishi mumkin. Kо‘pincha shunday bо‘ladi. Shuning uchun tashkilot faoliyati tо‘xtatilganda, buni asos qilib xodimlarni ishdan bо‘shatish xato bо‘ladi. Alal-oqibat baribir sud xodimlarni о‘z ishiga tiklab qо‘yadi.

Tashkilot faoliyati tо‘xtatilganda xodimlar bekor turib qoladi, demakki, bu vaziyatda Mehnat Kodeksi 266-moddasidagi bekor turib qolgan vaqt uchun ish haqi tо‘lash bilan bog‘liq holat yuzaga keladi.

Mazkur moddaning birinchi qismida “ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun (iqtisodiy, texnologik, texnik yoki tashkiliy sabablarga kо‘ra ishni vaqtincha tо‘xtatib turish) xodimning о‘rtacha ish haqi miqdorida haq tо‘lanadi” deyilgan.

Xulosa qilib aytganda, tashkilot faoliyatining tо‘xtatilishi odatda, ish beruvchining aybi bilan yuz beradi va bunda xodimlarda ayb bо‘lmaydi, shu sababli, bekor turib qolingan vaqt uchun xodimlarga о‘rtacha ish haqi tо‘lanadi.

 

 

 Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti 

O.Raxmonov