Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Xodim har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olinsa, ta'til puli qaytariladimi❓


Xodim har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olinsa, ta'til puli qaytariladimi

Mehnat Kodeksi 232-moddasiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Kodeksning 230 va 231-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerak.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qarori 5-ilovasi “Alohida hollar uchun xodimlarning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida” gi Nizomning 10-bandiga ko’ra, xodim ta’tildan chaqirib olinsa va ta’tilning qolgan qismi boshqa muddatga ko‘chirilsa, ta’tilning foydalanilmagan qismi kunlariga haq to‘lash uchun o‘rtacha ish haqi belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi va ta’tilning ko‘chirilgan kunlariga to‘g‘ri keladigan to‘langan o‘rtacha ish haqi summasi bajarilgan ish yoki ishlangan vaqt uchun oylik ish haqi hisobiga yoziladi.

Avval xuddi shunday talab “Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi 2985 Yo'riqnomaning 21-bandida bo’lar edi! Mazkur yo'riqnoma 07.02.2025 yili o’z kuchini yo’qotgan ❌. Ushbu Yo‘riqnomaning talablari budjet tashkilotlari xodimlariga nisbatan qo‘llanilishi majburiy hisoblanar edi. Budjet tashkilotlari hisoblanmagan tashkilotlarning xodimlari uchun ushbu Yo‘riqnomaning talablari tavsiyaviy xususiyatga ega edi. Shuning uchun avvallari, budjet tashkilotlari hisoblanmagan tashkilotlar bu talablarga rioya qilmas edilar.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qarori 5-ilovasi esa mulkchilik shakllaridan qat’i nazar barcha tashkilotlar uchun majburiydir. Demak, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar barcha tashkilotlar xodimni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishda yuqoridagi Nizom talablariga rioya qilishlari shart.

Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti 

O.Raxmonov