Янгиликлар
Ayrim toifadagi yerlarni ajratishga ruxsat berildi
Ayrim toifadagi yerlarni ajratishga ruxsat berildi
Yer ajratish masalasida Vazirlar Mahkamasining 12.06.2025 yildagi 362-sonli qarori bilan quyidagi toifadagi yerlarni berishga ruxsat berildi
Qurilish uchun vaqtincha foydalanilmayotgan yerlarda yengil turdagi obyektlar (savdo chodirlari, dо‘konchalar, reklama konstruksiyalari va shu kabilar) qurish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda berilishi mumkin, qishloq xо‘jaligi va о‘rmon xо‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududlarida joylashgan qishloq aholi punktlarida esa — qishloq xо‘jaligi va о‘rmon xо‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari roziligi bilan beriladi.
Umumiy foydalanish yerlaridagi yо‘llar va ariqlar tarmog‘idan tashqari yer uchastkalari yengil turdagi obyektlar (savdo chodirlari, dо‘konchalar, reklama konstruksiyalari va shu kabilar) uchun, kishlok xо‘jaligi va о‘rmon xо‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududlarida joylashgan qishloq aholi punktlarida esa – kishloq xо‘jaligi va о‘rmon xо‘jaligi. korxonalari, muassasalari va tashkilotlari roziligi bilan yuridik shaxslarga va fuqarolarga qonunchilikda belgilangan tartibda berilishi mumkin".
Ohangaron shahar YXKM rahbari
B.O’smonov