Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarning ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida mehnatiga haq toʻlashga ta'rif bersangiz?


Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarning ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida mehnatiga haq toʻlashga ta'rif bersangiz?

Javob:Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq toʻlash, xuddi ish vaqti davomiyligi toʻliq boʻlganda xodimlarning tegishli toifalari uchun toʻlanadigan miqdorda amalga oshiriladi.

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar mehnatiga vaqtbay haq toʻlashda har kungi ishning toʻliq davomiyligida tegishli toifadagi xodimlarning mehnatiga haq toʻlash darajasiga qadar qoʻshimcha haq toʻlanadi.

Ishbay ishlarga qoʻyilgan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan xodimlar mehnatiga katta yoshdagi xodimlar uchun belgilangan ishbay narxlar boʻyicha haq toʻlanib, bunda oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarning har kungi ish vaqti davomiyligi oʻn sakkiz yoshga toʻlgan xodimlarning har kungi ish vaqti davomiyligiga nisbatan qisqartirilgan vaqt uchun tarif stavkasi boʻyicha qoʻshimcha haq toʻlanadi.

Oʻquv yili davomida oʻqishdan boʻsh vaqtida ishlayotgan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar mehnatiga ishlagan vaqtidan kelib chiqib yoki ishlab chiqarish natijasiga qarab haq toʻlanadi.


Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti 

B.Hamroyev