Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Turar joy hujjatini (orderini) haqiqiy emas deb topish asoslari va tartibi qanday?


Turar joy hujjatini (orderini) haqiqiy emas deb topish asoslari va tartibi qanday?

 

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 46-moddasiga muvofiq: Fuqarolar tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlik to‘g‘risida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar taqdim etilganda, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslarning hujjatda (orderda) ko‘rsatilgan turar joyga bo‘lgan huquqlari buzilganda, turar joy berish to‘g‘risidagi masalani hal etishda mansabdor shaxslar tomonidan g‘ayriqonuniy harakatlar qilinganda, shuningdek turar joy berish tartibi va shartlarining boshqacha buzilishlari sodir etilgan hollarda munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyga berilgan hujjat (order) sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab hujjat (order) berilgan kundan boshlab uch yil mobaynida qo‘zg‘atilishi mumkin.

 

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                 

Avlaqulov Sobir