Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Bolaning nasl-nasabini belgilash asoslari qanday?


Bolaning nasl-nasabini belgilash asoslari qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 60-moddasiga muvofiq: Bolaning shu onadan tug‘ilganligi (onalik) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan tibbiy muassasaning hujjatlariga ko‘ra, bola tibbiy muassasada tug‘ilmagan holda esa, boshqa dalillarga asosan belgilanadi.

Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining o‘limi, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan so‘ng uch yuz kun ichida tug‘ilgan bolasi nikohda tug‘ilgan bola hisoblanadi.

Agar nikoh tugaganidan keyin uch yuz kun ichida bola tug‘ilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan bo‘lsa, bola yangi nikohda tug‘ilgan hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki uning ota-onasi bolaning nasl-nasabi xususida nizolashish huquqiga ega.

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                
Avlaqulov Sobir