Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Merosdan voz kechish huquqi cheklanadimi?


Merosdan voz kechish huquqi cheklanadimi?

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1148-moddasiga muvofiq: Agar merosxo‘r vasiyatnoma bo‘yicha ham, qonun bo‘yicha ham vorislikka chaqirilsa, u ana shu asoslarning biri yoki har ikkalasi bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan merosdan voz kechishga haqli.

Merosxo‘r ulushning ortishi huquqi bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan merosdan, merosning qolgan qismiga vorislikdan qat’i nazar, voz kechishga haqli.

Merosxo‘r merosdan voz kechganida vasiyatnoma bo‘yicha yoki qonun bo‘yicha merosxo‘rlar jumlasidan bo‘lmish boshqa shaxslar foydasiga voz kechayotganini ko‘rsatishga haqli.

Ushbu moddada nazarda tutilgan hollardan tashqari merosning muayyan qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar bilan yoki shartlar qo‘yib voz kechilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                 

Avlaqulov Sobir