Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Bola oilada xususiy mulkka ega bo’lishi mumkinmi?


Bola oilada xususiy mulkka ega bo’lishi mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 93-moddasiga muvofiq: Voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk egasi bo‘lish huquqiga egadirlar.

Voyaga yetmagan bolalarning qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi.

Voyaga yetmaganlarning tadbirkorlik faoliyatiga qo‘shgan mablag‘i va undan orttirgan daromadi, agar bola bilan ota-ona yoki oilaning boshqa a’zolari o‘rtasida boshqacha tartibni belgilovchi shartnoma bo‘lmasa, voyaga yetmaganlarning xususiy mulki hisoblanadi.

Voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishidagi buyumlari (kiyim-kechak, poyabzal, ishlab chiqarish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar) ularning xususiy mulki hisoblanadi.

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                 

Avlaqulov Sobir