Янгиликлар
Fuqaroning o‘limni qayd etish tartibi qanday?
Fuqaroning o‘limni qayd etish tartibi qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 223-moddasiga ko‘ra: O‘limni qayd etish marhumning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi sudning hal qiluv qaroriga asosan o‘limni qayd etish sudning mazkur qarorida ko‘rsatilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. Agar sudning hal qiluv qarorida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, o‘limni qayd etish ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hayotining birinchi haftasi davomida o‘lgan bolalarning tug‘ilganligi va o‘limi tibbiy muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida qayd etiladi.
O‘lim sodir bo‘lganligi haqidagi ariza o‘lim sodir bo‘lgan kuni yoki murda topilgach, uch kundan kechiktirmay berilishi zarur.
O‘limni fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etmasdan marhumni dafn qilish taqiqlanadi.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i
Avlaqulov Sobir