Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki bolaga vasiy qilib belgilangan shaxsga mehnatga layoqatsizlik varaqsi beriladimi?


Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki bolaga vasiy qilib belgilangan shaxsga mehnatga layoqatsizlik varaqsi beriladimi?

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 17.04.2015-yildagi “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i bilan tasdilangan Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMAning 29-bandiga ko‘ra: Tug‘ish vaqtida yoki tug‘ishdan keyingi davrda ona vafot etgan kundan boshlab, tug‘ilgan bolani (bolalarni) parvarish qiluvchi shaxsga, bola tug‘ilgan kunidan e’tiboran ellik olti kalendar kuni, ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilganda yetmish kalendar kunigacha hududiy ambulator poliklinikasi tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Bevosita tug‘ruq muassasasi yoki boshqa muassasadan yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki bolaga vasiy qilib belgilangan shaxsga bola farzandlikka olingan (vasiylik belgilangan) kundan boshlab bola tug‘ilgan kundan e’tiboran ellik olti kalendar kungacha, ikki yoki undan ortiq bola asrab olingan taqdirda esa, yetmish kalendar kungacha hududiy ambulator poliklinika tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Bola ikki va uch yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’til yoki ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’tilda bo‘lgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi.

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                
Avlaqulov Sobir