Янгиликлар
Homiladorligi yoki farzandlari borligi sababli ishga qabul qilishni rad etishni, ishdan bo‘shatishni yoki ish haqini kamaytirish mumkinmi?
Homiladorligi yoki farzandlari borligi sababli ishga qabul qilishni rad etishni, ishdan bo‘shatishni yoki ish haqini kamaytirish mumkinmi?
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 392-moddasiga muvofiq: Homiladorligi yoki farzandlari borligi bilan bog‘liq sababga ko‘ra ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish yoki ish haqini kamaytirish taqiqlanadi.
Ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etgan taqdirda, rad etish sabablarining ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan yozma asosini homilador ayol yoki farzandlari bor shaxs talabiga ko‘ra uch kun ichida taqdim etishi shart. Ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini taqdim etmaganlik ishga qabul qilishni rad etganlik ustidan shikoyat qilishga monelik qilmaydi.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i
Avlaqulov Sobir