Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Umumta’lim maktablariga 3-kurs Psixologiya yo‘lanishida o‘qiydigan talaba psixolog bo‘lib ishga kirsa bo‘ladimi?


Umumta’lim maktablariga 3-kurs Psixologiya yo‘lanishida o‘qiydigan talaba psixolog bo‘lib ishga kirsa bo‘ladimi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005-yildagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 275-sonli Qarori bilan tasdiqlanagan Nizomning 8-bandiga muvofiq, Oliy ta’lim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Yuqoridagilarga asosan, psixolog pedagog hisoblanmaganligi sababli 3-kursdan maktabga psixolog bo‘lib ishga kira olmaydi.

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                 

Avlaqulov Sobir