Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi to‘g‘risida


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyunda “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgan.

Agentlikka O‘zbekiston Resublikasining xalqaro imidjini takomillashtirishda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tarmog‘ining Istanbul harakatlar dasturi doirasidagi ishlar hamda ishlab chiqilgan tavsiyalarning amalga oshirilishini ta’minlash;

BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalari qoidalarining bajarilishi bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy koordinatori vazifa va vakolatlari yuklatilgan.

 

Yangiyo’l tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i Akmal Narziyev