Янгиликлар
I va II guruh nogironlarga ish vaqti qisqartiriladimi.
I va II guruh nogironlarga ish vaqti qisqartiriladimi.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 427-moddasi. I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu o‘ttiz daqiqadan ortib ketmasligi kerak.
Yuqori chirchiq tumani adliya bo’limi
Yurdik xizmat ko’rsatish markazi bosh
yuristkonsulti J.Nishonov