Янгиликлар
Qaysi holatda xodimga qo‘shimcha vazifa yuklatishda alohida qo‘shimcha kelishuv tuziladi?
Qaysi holatda xodimga qo‘shimcha vazifa yuklatishda alohida qo‘shimcha kelishuv tuziladi?
MK 116-moddasidagi bir necha kasbda (lavozimda) ishlash, xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirish va ishlar xajmini ko‘paytirish amallari (ya’ni xodimga qo‘shimcha ish yuklatish) taraflarning muddatli ham, muddatsiz ham bo‘lishi mumkin. Albatta buning uchun xodimning roziligi, ya’ni kelishuvi muhim rol o‘ynaydi.
Lekin, vaqtincha bo‘lmagan xodimning majburiyatini yuklatishni bulardan farqli ravishda nomuayyan muddatli (ya’ni muddatsiz) qilib bo‘lmaydi. Chunki, vaqtincha bo‘lmagan xodim baribir o‘z ishiga qaytadiku, shunda uning ishi bu ishni asosiy ishiga qo‘shib bajarayotgan xodimdan soqit qilinishi kerakku. Shu sababli, qo‘shimcha ish yuklatishning bu turi faqat muddatli bo‘lishi kerak.
Agar bir necha (kasb) lavozimda ishlash, xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirish va ishlar xajmini ko‘paytirish amallari xodimga doimiy asosda yuklatilayotgan bo‘lsa, bunda buyruq chiqarish uchun avval xodim va ish beruvchi o‘rtasida mehnat shartnomasiga qo‘shimcha kelishuv tuzilishi shart. Bunda alohida hujjat sifatida – mehnat shartnomasiga qo‘shimcha kiritish haqidagi kelishuv tuzilishi lozim.
Ushbu tushuntirishlar Mehnat kodeksi 116-moddasining 2, 3 va 4-qismlarida alohida qoidalar sifatida mustahkamlab qo‘yilgan.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya
bo‘limi bosh yuristkonsulti
M.Ahmadov