Янгиликлар
Dekretdagi xodimaning puli kredit qarziga ushlab qolinadimi?
Dekretdagi xodimaning puli kredit qarziga ushlab qolinadimi?
Ayol dekret ta’tilliga chiqqan, ammo bankdan olingan krediti bo‘yicha qarzdorligi mavjud, uning dekret nafaqasidan qarz undirib olinishi mumkinmi?
Keling birma bir tahlil qilib chiqamiz, O‘zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 69-moddasida ayrim to‘lovlardan undiruv amalga oshirilishi qat’iyan ta’qiqlangan.
Undiruvga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan to‘lovlar ro‘yxati:
1)mehnatga layoqatni yo‘qotganlik yoki sog‘liqqa yetgan zarar uchun to‘lanadigan kompensatsiyalar;
2)ish vaqtida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lgan shaxslarga (yoki ularning oila a’zolariga) to‘lanadigan mablag‘lar;
3) homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha beriladigan nafaqa (dekret nafaqasi);
4)davolanish uchun ajratiladigan to‘lovlar;
5)bolani parvarishlash ta’tili davrida beriladigan nafaqalar;
6)nikoh, bola tug‘ilishi yoki yaqin qarindosh vafoti munosabati bilan beriladigan bir martalik to‘lovlar;
7)mehnat munosabatlari tugaganda ishdan bo‘shatish nafaqasi;
8)xizmat safari yoki boshqa hududga o‘tkazilish munosabati bilan ajratiladigan mablag‘lar.
Masalan, xodim dekret ta’tilliga chiqqan, lekin u bankdan olgan krediti bo‘yicha qarzdor. MIB ish qo‘zg‘atgan taqdirda ham, har oy to‘lanadigan dekret nafaqasi qonunan himoya qilingan: bu mablag‘dan kredit qarzini undirib bo‘lmaydi. Bunday urinish — qonun buzilishi.
Ya’ni "dekret" puli yuqoridagi qonunning 69-modda bilan muhofaza qilingan to‘lov turi hisoblanib, undan qarz undirilishi mumkin emas.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya
bo‘limi bosh yuristkonsulti
M.Ahmadov