Янгиликлар
1. Kasaba uyushmasi qanday tashkilot va qanday vazifalarni bajaradi
Kasaba uyushmasi qanday tashkilot va qanday vazifalarni bajaradi
Ma’limki, ko’plab davlat tashkilotlari, korxonalari va xususiy korxonalarda xodimlar kasaba uyushmasi qanday tashkilot ekanligini, uni tuzishdan qanday maqsad ko'zlanganini yaxshi bilishmaydi yoki umuman bilishmaydi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, kasaba uyushmasi tashkilotlarda, korxonalarda xodimlarning haq-huquqlarini himoya qilish, xodimlarning muammolarini aniqlab, uni bartaraf etishga qaratilgan ishlarni bajarish asosiy vazifasi bo’lgan jamoat birlashmasi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to’g`risida”gi 2019-yil 6-dekabrdagi O’RQ-588-son qonuni 3-moddasiga ko’ra, kasaba uyushmasi — fuqarolarning o‘z faoliyati yoki o‘qishi turi bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasi.
Demak, kasaba uyushmasi xodimning mehnatga oid huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadini ko’zlab tuziladigan tashkilot.
Shuningdek, MKning 37-moddasiga ko’ra, xodimlar o‘z huquqlari va manfaatlarini biror-bir farqqa qaramasdan ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda o‘z xohishiga ko‘ra va oldindan ruxsat olmasdan kasaba uyushmalarini tuzish huquqiga, shuningdek kasaba uyushmalariga yoki xodimlarning boshqa birlashmalariga a’zo bo‘lish huquqiga ega.
Ijtimoiy sheriklikning tegishli darajalarida kasaba uyushmalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, xodimlar o‘z manfaatlarini ifoda etish va himoya qilishni ta’minlash uchun boshqa birlashmalar tuzishga haqlidir.
Kasaba uyushmalariga yoxud xodimlarning boshqa birlashmalariga mansublik yoki mansub emaslik fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan kafolatlangan mehnat huquqlarini hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklarini biror-bir tarzda cheklashga sabab bo‘lmaydi.
Kasaba uyushmasini tuzish orqali xodimlar o’zlarining haq-huquqlarini himoya qilish va ish beruvchilar oldida o’z manfaatlarini ifodlash maqsadini amalga oshiradi. Shuningdek birgalikda jamoa bo’lib harakat qilish orqali kasaba uyushmasi tuziladi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya
bo‘limi bosh yuristkonsultiM.Ahmadov