Янгиликлар
Alohida asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi
Alohida asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi
Avvalo, ishdan ozod etilgan shaxslar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan so‘ng o‘ttiz kalendar kun ichida o‘zlarining yashash joyidagi tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga ish qidirayotgan shaxs sifatida murojaat qilsalar, ushbu bo‘lim xodimlari bunday shaxslarga uch oylik davr ichida, agarda ular o‘ttiz kalendar kundan keyin murojaat qilsalar o‘n kun muddat ichida maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak.
Ya’ni birinchi qadamda qisqartish bilan ishdan bo‘shatilgan xodim bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilishi lozim.
Shundan so‘ng, Agar ish qidiruvchi shaxslarga tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan uch oylik muddat ichida ikki marta maqbul keladigan ish taklif qilinmasa, bunday holda ular tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan boshlab ishsiz deb e’tirof etiladilar.
Keyingi bosqichda, tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ishsiz deb e’tirof etilgan va muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga 4-shakldagi taqdimnoma tayyorlaydi va 5 kun muddat ichida tegishli O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi deb yuritiladi) topshiradi.
Muddatidan oldin yoshga doir pensiya quyidagi muddatdan tayinlanadi:
???? ishsiz deb e’tirof etilgan kundan agar tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kun holatiga yoki undan oldin erkaklar 58 yoshga, ayollar 53 yoshga to‘lgan bo‘lsalar;
???? erkaklar 58 yoshga, ayollar 53 yoshga to‘lgan kundan agarda tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida ish qidiruvchi shaxs yoki ishsiz shaxs sifatida ro‘yxatda turgan davrda shu yoshga to‘lgan bo‘lsalar.
Yana bir narsani aytib o‘tish kerak, muddatidan oldin tayinlangan pensiyalar ishlamaydigan fuqarolarga to‘lanadi. Bunday pensiyani olayotgan fuqarolar umumiy asoslarda pensiya olish yoshiga (erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga) yetgunga qadar ishga kirgan hollarda muddatidan oldin pensiya to‘lash to‘xtatiladi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya
bo‘limi YuXKM boshlig‘i
B.Mavlanov