Янгиликлар
Homilador ayol bilan mehnat shartnomasini u mehnat intizomini qo‘pol ravishda buzsa ham bekor qilish imkonsiz.
Homilador ayol bilan mehnat shartnomasini u mehnat intizomini qo‘pol ravishda buzsa ham bekor qilish imkonsiz.
Bizga shunday masalada murojaat qilishgan korxonada homilador ayol ishlaydi, vazifasiga sovuqqonlik bilan qarashi natijasida korxona manfaatiga zarar yetkazilayotgani aytiladi.
Bir narsani yodda saqlash lozim, homilador ayol bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishning imkoniyati yo‘q.
Birinchi asos, Mehnat kodeksining 163-moddasiga asosan homilador ayollar (ushbu Kodeks 408-moddasi) va uch yoshgacha bolasi bo‘lgan xodimlar (ushbu Kodeks 409-moddasi) uchun kafolatlar berishni nazarda tutadigan talablarga rioya qilmasdan ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi.
Ikkinchi asos, Mkning 408-modda 1-qismi homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Garchi xodim mehnat intizomini doimiy buzsa ham, bir marta qo‘pol tarzda buzsa ham, agar u homilador bo‘lsa, MKning 161-modda ikkinchi qism 4-5-bandlari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish imkonsiz.
Bu holatda intizomsiz xodimlarga nisbatan ish beruvchi nima qilishi kerak?
Yagona yo‘l intizomiy jazo choralarini qo‘llash. Mkning 312-moddasiga asosan hayfsan va o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima solinishi kabi ikki intizomiy jazo chorasini qo‘llash mumkin.
Agar korxona xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari bo‘lsa, unda "DFX" to‘g‘risidagi qonunning 46-47-moddalari tartibida:
???? Hayfsan berish
???? O‘rtacha oylik ish haqining 30 foizigacha jarima
???? Malaka darajasini pasaytirish
???? Lavozimini pasaytirish
yuqoridagi 4 intizomiy jazolardan birini qo‘llash mumkin. Bu intizomiy jazolarni qo‘llash haqida kecha yozib o‘tgandim.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya
bo‘limi YuXKM boshlig‘i
B.Mavlanov