Янгиликлар
Davlat fuqarolik xizmatchilariga intizomiy jazo qo‘llash tartibi
Davlat fuqarolik xizmatchilariga intizomiy jazo qo‘llash tartibi
Prezidentining 19.06.2025 yildagi PF-95-sonmoni qabul qilingandan so‘ng davlat fuqarolik xizmatchilariga intizomiy jazoni qo‘llash mehnat kodeksi bilan emas balki, "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida" gi qonun bilan qo‘llanish tartibi joriy qilindi.
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 46-moddasiga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan intizomiy jazo choralari quyidagilardan iborat:
???? Hayfsan berish
???? O‘rtacha oylik ish haqining 30 foizigacha jarima
???? Malaka darajasini pasaytirish
???? Lavozimini pasaytirish
???? Egallab turgan lavozimidan ozod qilish
Bu normalar davlat fuqarolik xizmatchilari uchun maxsus mo‘ljallangan va Mehnat kodeksining umumiy qoidalari o‘rniga aynan Qonunning 46-moddasi asosida amalga oshiriladi.
Mehnat kodeksidan nima farqlari mavjud?
Birinchidan, Mehnat kodeksining 312-moddasida xodimga 50% gacha jarima qo‘llash mumkinligi ko‘rsatilgan. Ammo “DFX” qonuniga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchilariga faqat 30% gacha jarima belgilangan bo‘lib, bu cheklovni oshirish mumkin emas.
Ikkinchidan, yangi tizimda davlat fuqarolik xizmatchilariga maxsus darajalar beriladi (masalan: oliy darajali maslahatchi, 1-darajali xizmatchi va h.k.). Endi xizmat intizomini buzganlik uchun ushbu darajalarni pasaytirish ham mumkin bo‘ladi.
Uchinchidan, xizmat intizomini buzgan fuqaroni yuqori lavozimdan uning roziligisiz past lavozimga o‘tkazish endi rasman intizomiy jazo sifatida qo‘llaniladi. Bu avval barcha davlat organlarida umumiy amal qilmasdi. Ya’ni rasmiy jazo turi sifatida kiritilmagan edi. Endi xodimni intizomiy jazo sifatida lavozimidan tushirish mumkin.
To‘rtinchidan, Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismi 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan intizomiy asosda ishdan bo‘shatish amaliyoti endi “egallab turgan lavozimidan ozod qilish” tarzida davlat fuqarolik xizmatida tatbiq etiladi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya
bo‘limi YuXKM boshlig‘i
B.Mavlanov