Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Xodim ariza yozgan kuni ishdan bo‘shashi mumkinmi?


Xodim ariza yozgan kuni ishdan bo‘shashi mumkinmi?

 

Mehnat kodeksining 160-moddasiga ko‘ra, xodim mehnat shartnomasini bekor qilish niyatida ish beruvchini yozma ravishda kecha yoki kunda emas, balki 14 kalendar kun oldin ogohlantirishi lozim. Demak, ariza berilganidan so‘ng 14 kunlik ogohlantirish muddati o‘tishi kerak.

Shu bilan birga, 160-moddaning 4-qismida “ikki tomon kelishgan holda ogohlantirish muddati tugaguniga qadar ham shartnoma bekor qilinishi mumkin” deyilgan. Ammo bu jumla bir qarashda ishdan darhol bo‘shatish imkonini bersa-da, uni to‘g‘ri talqin qilish zarur.

Moddaning 3-qismiga e’tibor qaratsak, “ogohlantirish muddati” ariza olingan kundan keyingi kunda, ya’ni 11 iyuldan boshlanadi. Bu — muhim yuridik fakt. Demak, ogohlantirish muddati 10 iyulda emas, balki 11 iyuldan hisoblanadi. Shu tufayli 10 iyul kuni “muddat tugashiga qadar” degan shart hali vujudga kelmagan bo‘ladi. Mos ravishda, 160-modda 4-qismida nazarda tutilgan kelishuv ham faqat 11 iyuldan boshlab qonuniy kuchga ega bo‘lishi mumkin.

Amaliyotda esa, xodim 10 iyulda ariza yozadi va shu kuniyoq ishdan bo‘shatilmoqda. Bu esa qonun talablariga zid holat hisoblanadi.

Biroq, istisnoli vaziyatlar ham bor. Masalan:

☝️ MK 160-modda 8-qismida aytilishicha, agar xodimning ishdan ketish sababi og‘ir holatlar (sog‘liq, ko‘chish, boshqa tashkilotga o‘tish va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda ariza berilgan kuniyoq mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.

☝️ Shuningdek, 157-moddada qayd etilgan holat – ikki tomon kelishuvi asosida shartnomani bekor qilish – butunlay boshqa huquqiy asos hisoblanadi. Agar ish beruvchi va xodim o‘zaro kelishib, maxsus tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv tuzishsa, mehnat shartnomasi istalgan kuni, jumladan ariza berilgan kuniyoq bekor qilinishi mumkin.

Masalan, agar xodim 10 iyul kuni ariza berib, ish beruvchi bilan rasmiy qo‘shimcha kelishuv (157-modda asosida) imzolasa, u holda mehnat shartnomasini o‘sha kuni bekor qilish mumkin.

Xulosaki, xodimning arizasi bilan o‘sha kuni ishdan bo‘shatish faqat ikki holatda qonuniy hisoblanadi:

???? Agar sabablar 160-modda 8-qismida keltirilgan holatlardan biriga to‘g‘ri kelsa.

???? Agar ish beruvchi va xodim o‘rtasida 157-modda asosida maxsus kelishuv imzolangan bo‘lsa

Aks holda, ariza berilgan kun mehnat shartnomasining bekor qilinish kuni bo‘la olmaydi. Bu masalada ish beruvchilar qonun talablariga qat’iy rioya etishlari shart. Sud amaliyotida bu kabi xatolar ko‘pincha xodim foydasiga hal etiladi.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya

bo‘limi YuXKM boshlig‘i

B.Mavlanov