Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda qaysi ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi?


Mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda qaysi ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi?

 

Har yili qonunchilikda belgilangan asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillaridan to‘liq foydalanish xodimning qonuniy huquqidir. Ayrim turdagi qo‘shimcha ta’tillar, xususan, Mehnat kodeksining 481 -moddalarida nazarda tutilgan ta’tillar bevosita berilishi shart, ish davomida ularni pul bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Biroq, ba’zi ish beruvchilar tomonidan noto‘g‘ri tushuncha shakllanib, mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda ham ushbu ta’tillar uchun pul to‘lanmaydi deb hisoblanmoqda. Bu xato. Mehnat kodeksining 234-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasi tugatilganda, xodimning foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanishi shart.

 

Qonunda ta’tillarning faqat ish davrida pulga almashtirilishi mumkin emasligi ko‘rsatilgan. Ammo shartnoma bekor qilinganda, ushbu ta’tillar foydalanilmagan bo‘lsa, pulli kompensatsiya berish – qonuniy majburiyat hisoblanadi.

 

Xulosa qilib aytganda, xodim ishdan bo‘shatilganida, 481 va 483-moddalarda ko‘rsatilgan qo‘shimcha ta’tillardan foydalanilmagan bo‘lsa, ular uchun ham pul to‘lanishi shart. Bu xodimning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim hisoblanadi.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya

bo‘limi YuXKM boshlig‘i

B.Mavlanov