Янгиликлар
48 kunlik ta’tilni kalendar kuniga o‘tkazish mumkinmi? Ilmiy xodimlar uchun aniq huquqiy yondashuv
48 kunlik ta’tilni kalendar kuniga o‘tkazish mumkinmi? Ilmiy xodimlar uchun aniq huquqiy yondashuv
So‘nggi paytlarda davlat ilmiy tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xodimlar o‘rtasida ta’til kunlarini qanday hisoblash bo‘yicha turli tushunmovchiliklar kuzatilmoqda. Ayniqsa, 48 kunlik ta’til – ish kunimi yoki kalendar kunimi, degan masala muhokama markazida turibdi.
Bu boradagi asosiy huquqiy manba – “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun (29.10.2019 yilda qabul qilingan, O‘RQ-576-son) hisoblanadi. Uning 15-moddasida davlat ilmiy tashkilotlaridagi xodimlarga 48 ish kunidan iborat yillik mehnat ta’tili beriladi.
Shu bilan birga, Mehnat kodeksidagi 221-modda umumiy qoidani belgilaydi unda har yilgi mehnat ta’tillari davomiyligi kalendar kunlarda hisoblanadi deyiladi. Ammo, shu moddaning 3-qismi bunday umumiy qoidaning istisnosini ham belgilab qo‘yadi ya’ni agar qonun hujjatlarida alohida toifadagi xodimlar uchun ta’til ish kunlari hisobida belgilangan bo‘lsa, u holda ta’til 6 kunlik ish haftasi hisobidan kalendar bo‘yicha ish kunlarida hisoblab chiqiladi.
Shunday ekan, agar “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunda ta’til ish kunida belgilangan bo‘lsa (ya’ni – 48 ish kuni), u holda u kalendar kun emas, aynan ish kuni hisobida berilishi shart.
Buning amaldagi misollarini boshqa sohalarda ham ko‘rish mumkin:
– “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasiga ko‘ra, qutqaruvchilarga 30 ish kunidan iborat ta’til beriladi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 sentyabrdagi 743-son qaroriga ilovaga ko‘ra, og‘ir iqlim sharoitida ishlovchilarga ham 1 dan 6 gacha ish kunilik qo‘shimcha ta’til belgilanadi.
Demak, mazkur holatlarda ham ta’tillar kalendar kunida emas, 6 kunlik ish haftasi asosidagi ish kunlarida hisoblanadi.
Aslida, ushbu va shunga o‘xshash holatlarda taatilni kalendar kunlarga o‘tkazish maqsadga muvofiq edi. Ammo amaldagi qonunchilik hali bu masalaga aniqlik kiritgani yo‘q. Shuning uchun, kadrlar bo‘limi xodimlari taatilni “arlashma” shaklda hisoblashga majbur bo‘lmoqda.
Bu holatda agar taatilning davomiyligi qonun yoki boshqa normativ hujjatda ish kunida belgilangan bo‘lsa, uni kalendar kunlarda emas, faqat 6 kunlik ish haftasi asosidagi ish kunlarida hisoblab chiqish kerak
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya
bo‘limi YuXKM boshlig‘i
B.Mavlanov