Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Kredit to‘lashda hech kimga imtiyoz mavjud emas o‘ylamasdan kredit olmang


Kredit to‘lashda hech kimga imtiyoz mavjud emas o‘ylamasdan kredit olmang

 

Fuqaro murojaati: Assalomu aleykum men ishsiz ayolman 2 yil avval issikxonaga deb imtiezli kredit olganman yerim yaxshi pul topardi kriditni uz vaktida tulab kelganmiz tusatdan yerimni buyragi ishlamay gemodializga tushib koldi xozir 2 gurux nogironi kriditni beraolmayapmiz shunga nima kilishni bilmayman utgan yil dekabrya oidan beri tulaganim yo‘q

???? JAVOB

Sizning vaziyatingizda kredit to‘lovini kechiktirish bo‘yicha imtiyoz mavjud emas. To‘lov amalga oshirilmagan har bir kun uchun qarzdorligingizga yana qo‘shimcha foizlar qo‘shilib boraveradi. Shu sababli kredit qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lab borishga harakat qiling.

Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga asosan Kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi.

Kredit qarzdorligingiz oshib boraversa, bank shartnomda belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng qarzdorlikni undirish maqsadida sudga murojaat qiladi. Sud bankning talabini qanoatlantirib shu bo‘yicha qaror chiqarsa, ishingiz davlat ijrochisiga (MIB) ga o‘tadi. Agar unda ham qarzdorlik majburiyatingizni ixiyoriy ravishda bajarmasangiz, davlat ijrochisi qarzdorlikni undirish uchun "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunning 46-moddasida ko‘rsatilgan majburiy ijro etish choralaridan birini qo‘llaydi

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya

bo‘limi YuXKM boshlig‘i

B.Mavlanov