Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Xodim malaka oshirishda yoki xizmat safarida bo‘lgan vaqtda ish haqi saqlanadimi?


Xodim malaka oshirishda yoki xizmat safarida bo‘lgan vaqtda ish haqi saqlanadimi?

 

Ko‘p hollarda xodimlarda kadroviklar xodim malaka oshirishga yuborilgan vaqtda xizmat safari tartibi qo‘llanilishi kerakmi yoki yo‘qmi, degan savolga duch kelishadi. Amaldagi Mehnat kodeksida bu ikki holat alohida ko‘rsatilgan bo‘lib, ularga turlicha huquqiy yondashuv belgilangan.

Mehnat kodeksining 280-moddasiga muvofiq, agar xodim ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan malaka oshirish yoki qayta tayyorlovda qatnashsa, u ishdan ajralgan holda bo‘lgan taqdirda ham unga kafolatlangan to‘lovlar amalga oshirilishi shart.

MKning 286-moddada esa xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar, jumladan xizmat safari, malaka oshirish, qayta tayyorlash va stajirovkada bo‘lish davridagi xarajatlar uchun ish beruvchi tomonidan kompensatsiya to‘lash majburiyati qayd etilgan.

❗️Shu sababli, xizmat safari va malaka oshirish jarayonlari qonunchilikda ikki xilda belgilab qo‘yilgan. Har ikkalasi davomida o‘rtacha ish haqi saqlanishi shart, biroq qaysi holatda qanday to‘lov to‘lanishi – bu xodimning yuborilish maqsadi va shakliga bog‘liq.

Mehnat kodeksining 370-moddasida ko‘rsatilishicha, agar xodim malaka oshirishga o‘z xohishi bilan yuborilgan bo‘lsa, unda faqat lavozimi saqlanib qolinadi. Ish haqi saqlanishi esa jamoa shartnomasi, ichki hujjatlar yoki mehnat shartnomasida aniq kelishilgan bo‘lishi shart.

MKning 287-moddaga ko‘ra, xizmat safari bu ish beruvchi topshiriqqa asosan xodimning doimiy ish joyidan tashqariga xizmat vazifasini bajarish uchun yuborilishidir. Agar xodimning doimiy ishi ko‘chma (masalan, inspektor, vodiydan-vodiyga yuradigan texnik xodimlar) bo‘lsa – bu xizmat safari hisoblanmaydi.

Agar malaka oshirish boshqa shaharga yoki hududga borishni talab qilsa, 290-moddaga muvofiq, o‘qish manziliga borish-qaytish, uy-joy ijarasi va yashash bilan bog‘liq xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplanishi kerak.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 424-sonli qaroriga ilova qilingan “Xizmat safari to‘g‘risidagi nizom”da ham xizmat safari tushunchasi va undagi kafolatlar alohida ko‘rsatilgan

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya

bo‘limi YuXKM boshlig‘i

B.Mavlanov