Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

• Intizomiy jazosi bor xodimga ustama beriladimi? Qisqa va lo‘nda tushuntirish


Intizomiy jazosi bor xodimga ustama beriladimi? Qisqa va lo‘nda tushuntirish

 

Ko‘plab ish beruvchilar va kadrlar bo‘yicha mutaxassislar intizomiy jazoga ega xodimga KPI asosida ustama yoki qo‘shimcha to‘lov tayinlash mumkinligi masalasida boshlari qotadi.

Bu borada Mehnat kodeksining 299-moddasiga murojaat qilamiz.

???? 299-modda, 5-qismda ta’kidlanishicha, intizomiy jazo amal qilish davrida xodimga rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi. Bunda so‘z mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga bog‘liq bo‘lmagan mukofotlar haqida ketmoqda (masalan, bayram, yubiley munosabati bilan beriladigan sovg‘alar va boshqalar).

Lekin bu cheklov faqat rag‘batlantirish turiga mansub mukofotlarga taalluqli. KPI asosida belgilanadigan ustama va nadbavkalar esa mehnatga haq to‘lash tizimida ko‘zda tutilgan to‘lovlar turkumiga kiradi.

MKning 299-moddaning 4-qismiga ko‘ra, ish haqi, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnatga haq to‘lash tizimida belgilangan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi. Demak, ularni to‘lash masalasi alohida nizomlar bilan tartibga solinadi.

Agar tashkilotning ichki mukofotlash to‘g‘risidagi nizomida alohida holda, intizomiy jazo ostidagi xodimga KPI asosidagi ustama to‘lanmasligi shart qilib belgilanmagan bo‘lsa — bunday to‘lovni amalga oshirish mumkin. Aks holda, tegishli ichki hujjatga asoslanib, to‘lov cheklanishi mumkin.

Masalan, tashkilotda “Intizomiy jazosi bor xodim KPI to‘lovlaridan mahrum etilmaydi” degan qoida yo‘q bo‘lsa, ushbu ustama berilishi mumkin. Agar bu haqda aniq cheklov belgilangan bo‘lsa, unda to‘lanmaydi.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya

bo‘limi YuXKM boshlig‘i

B.Mavlanov