Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Xodimni mehnat ta’tiliga chiqarishda uni yozma shaklda ogohlantirish shartmi?


Xodimni mehnat ta’tiliga chiqarishda uni yozma shaklda ogohlantirish shartmi?

 

Mehnat kodeksining 228-moddasi 3-qismiga ko‘ra xodim har yilgi mehnat ta’tili beriladigan vaqt to‘g‘risida ta’til boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin xabardor qilinishi kerakligi belgilangan.

Biroq, ba’zi mehnat inspektorlari tomonidan ish beruvchilarni xodimni mehnat ta’tiliga chiqarishda uni yozma ogohlantirmaganlik uchun MJtKning 49-moddasi bilan javobgarlikka tortgan holatlar ham uchrab turibdi. Bu noto‘g‘ri amaliyot chunki, MKning 228-moddasi 3-qismida yozma ogohlantirsin degan jumla mavjud emas. Masalan, mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishda ish beruvchi xodimni yozma shaklda ogohlantirishi shartligi (MK 165-m) yoki xodimning tashabbusi bilan tashabbusi bilan bekor qilinganda xodim ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirishi shartligi belgilangan (MK-160-m)

Ya’ni xodimni xabardor qilish og‘zaki shaklida ham bo‘lishi mumkin. Ya’ni xodimni ta’tilga chiqarishda yozma ogohlantirish shart emas. 15 kun oldin ish beruvchi istalgan usulda xodimni xabardor qilishini o‘zi yetarli.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya

bo‘limi YuXKM boshlig‘i

B.Mavlanov