Янгиликлар
Jarima to‘lanmasa avtomobil ushlab turiladimi?
Jarima to‘lanmasa avtomobil ushlab turiladimi?
2021 yil 7 dekabr kungli jarima uchun MJtK 291 moddasi tartibida avtomashinami jarima maydoniga olib kirish mumkinmi?
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasiga ko‘ra yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasiga binoan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi.
Demak, jarima to‘lanmaguncha ushlab turilishi to‘g‘ri.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsulti M.Rahmonov