Янгиликлар
Boshqa maktabga ishga o‘tsam, ustamam saqlanadimi?
Boshqa maktabga ishga o‘tsam, ustamam saqlanadimi?
Saqlanmaydi.
Faqat ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga boshqa hududlardan jalb etilgan xodimlarningiga ustamasi saqlanadi.
Vazirlar mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan faqatgina, Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga boshqa hududlardan jalb etilgan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning amalda ishlagan umumta’lim muassasasining direktor jamg‘armasidan belgilangan ustama haq (foiz)lari saqlanishi belgilangan.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsulti M.Rahmonov