Янгиликлар
Xodimning roziligisiz uning ish haqidan ushlab qolish mumkin emas.
Xodimning roziligisiz uning ish haqidan ushlab qolish mumkin emas.
Hech qanday tadbirlar, hasharlar, "remont", hattoki, kasaba uyushmasi uchun ham. Bu mutlaqo noqonuniy.
Bu noqonuniy. Bu bo‘yicha Adliya bo‘limiga murojaat qiling.
Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko‘ra xodimning yozma roziligi bo‘lmay turib uning ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas. Shuningdek, mazkur moddada ish haqidan xodimning roziligisiz ham ushlab qolinishi mumkin bo‘lgan holatlar sanab o‘tilgan bo‘lib, buning uchun sud qarori kerakligi belgilangan.
Rozilik deganda har bir xodimning yozma roziligi nazarda tutiladi. Ya’ni ish beruvchi sizdan yozma rozilik olgandagina sizning ish haqingizdan ushlab qolinishi mumkin.
Hech qanday majlis bayonnomalari yoki ish beruvchining buyruqlari ishchilarning ish haqidan ushlab qolinishiga asos bo‘lib xizmat qilmaydi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsulti M.Rahmonov