Янгиликлар
Sudga murojaat qilishda, da’vo arizada, qo‘shimcha, nimalar ko‘rsatilishi lozim?
Sudga murojaat qilishda, da’vo arizada, qo‘shimcha, nimalar ko‘rsatilishi lozim?
Birinchidan, o‘z talablaringizni aniq yozing.
Ikkinchidan, arizangizda, albatta, sud xarajatlarini javobgardan undirib berishni so‘rang.
Masalan, birovdan 40 million qarz undirmoqchisiz. Buning uchun davlatga qarzning 4 foizi miqdorida davlat boji to‘lashingiz kerak. 1.600.000 ming so‘m. Qaytarib undirib olishni xohlasangiz shu pulni, albatta arizada ko‘rsating.
Uchinchidan, pulingizdan foydalanganlik uchun foizlar so‘rang. Axir, bankdan kredit olib, bankning pulidan foydalanganingiz uchun ham foiz to‘laysizku.
To‘rtinchidan, zararlaringizni undirib oling. Buning ichida siz, agar shu pul o‘zingizning qo‘lingizda bo‘lsa u orqali daromad qila olardingiz hamda, eng asosiysi, pulni olish uchun ketkazgan vaqtingiz va asablaringiz uchun ma’naviy zarar talab qiling.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsulti M.Rahmonov