Янгиликлар
Ipoteka uchun dastlabki badalni mikrokarz bilan to‘lash mumkinmi?
Ipoteka uchun dastlabki badalni mikrokarz bilan to‘lash mumkinmi?
Ipoteka krediti olishda dastlabki badalni shakllantirish muhim masala. Ko‘pchilik bu mablag‘ni yig‘ishda qiyinchilikka duch keladi va ba’zan onlayn mikrokarz olish orqali bu muammoni hal qilishga harakat qiladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston qonunchiligida ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalni to‘lash uchun mikrokarz mablag‘laridan foydalanishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiq yo‘q. Biroq banklar qarz oluvchidan o‘z mablag‘lari hisobidan dastlabki badal to‘lashni talab qiladi
Mikrokarzdan foydalanishning ehtimoliy xavflari:
▪️Qarz yukining oshishi – Mikrokarz va ipoteka to‘lovlarini bir vaqtda to‘lash katta moliyaviy bosim yaratishi mumkin.
▪️Yuqori foiz stavkalari – Mikrokarzlar odatda yuqori foiz bilan beriladi, bu esa qo‘shimcha xarajatlarni oshiradi.
▪️Kredit tarixiga ta’sir – Mikrokarzni vaqtida to‘lay olmaslik kredit tarixingizga salbiy ta’sir qilishi va kelajakda boshqa kredit olish imkoniyatlarini kamaytirishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal uchun mikrokarz olish rasmiy jihatdan mumkin, ammo bu katta moliyaviy xavf tug‘dirishi mumkin. Qaror qabul qilishdan oldin barcha imkoniyatlarni sinchiklab o‘rganish tavsiya etiladi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsulti M.Rahmonov