Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

O‘qituvchilarning mehnat huquqlari: e’tibordan chetda qolmaslik kerak bo‘lgan holatlar


O‘qituvchilarning mehnat huquqlari: e’tibordan chetda qolmaslik kerak bo‘lgan holatlar

O‘qituvchilik jamiyatda eng sharafli kasblardan biri sanalsa-da, ayni vaqtda mehnat huquqlari eng ko‘p buzilayotgan sohalardan biri ham hisoblanadi. Kundalik amaliyotda pedagoglar qator qiyinchiliklarga duch kelayotgani kuzatiladi.

Avvalo, mehnat ta’tillari uchun haq o‘z vaqtida to‘lanmaydi. Aslida, agar ta’til puli kechiktirilsa, Mehnat kodeksining 333-moddasiga ko‘ra har bir kun uchun qo‘shimcha kompensatsiya hisoblanishi shart. Masalan, 5 million so‘mlik ta’til puli 10 kun kechiksa, ish beruvchi xodimga 5 million 700 ming so‘m to‘lab berishi lozim bo‘ladi.

Ikkinchidan, qonuniy huquq bo‘lishiga qaramay, ko‘p farzandli onalar yoki otalarga qo‘shimcha ijtimoiy ta’til berilmaydi. Mehnat kodeksining 237-moddasiga muvofiq, agar ota-onaning 12 yoshga to‘lmagan ikki yoki undan ortiq farzandi bo‘lsa (yoki 16 yoshga to‘lmagan nogiron farzandi bor bo‘lsa), ularga umumiy 60 kalendar kun ta’til to‘g‘ri keladi. Ammo amalda ko‘pincha 56 kundan ortiq ta’til berish mumkin emasligi aytiladi, bu esa qonunbuzarlik hisoblanadi.

Shuningdek, bola parvarish ta’tilidan qaytgan ayollarni ishga tiklamaslik, tibbiy ko‘rik xarajatini xodimning o‘ziga yuklash, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini kechiktirish, dars soatlarini asossiz kamaytirish yoki roziligisiz o‘zgartirish kabi holatlar ham uchrab turadi.

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i B.Mavlanov