Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Davo muddatining uzilishi nima?


Davo muddatining uzilishi nima?

 

Da’vo muddati muayyan holatlarda to‘xtab turishi yoki umuman yangidan hisoblanishi mumkin. Fuqarolik kodeksining 157-moddasiga ko‘ra, agar sudga belgilangan tartibda da’vo arizasi taqdim etilsa yoki majbur shaxs o‘z qarzini tan olganini ko‘rsatuvchi harakat qilsa, da’vo muddati uziladi. Bunday holat yuz berganidan so‘ng muddat yangidan boshlanadi va avval o‘tgan vaqt hisobga olinmaydi.

Masalan, qarzdor qarzning bir qismini to‘lasa yoki xat orqali qarzni borligini tasdiqlasa, bu uning qarzini tan olgani hisoblanib, da’vo muddatini uzadi.

Shuningdek, uzilish uchun da’voni kim kiritganining ahamiyati yo‘q. Unga huquqi buzilgan shaxsning o‘zi murojaat qilsa ham, uning manfaatida prokuror yoki davlat organi murojaat qilsa ham, har ikki holatda muddat uzilgan deb topiladi.

Majburiyatdagi shaxslar o‘zgargan taqdirda ham muddat hisoblanish tartibi o‘zgarmaydi. Masalan, qarzdor joyiga boshqa shaxs javobgar qilib belgilansa ham, avvalgi hisoblash davomi etaveradi. Agar yuridik shaxs tugatilayotgan bo‘lsa, uning tugatish komissiyasi tayinlangan kundan emas, balki o‘sha yuridik shaxs o‘z huquqi buzilganini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab da’vo muddati o‘ta boshlaydi. Shu qoida yangi rahbar tayinlangan holatda ham qo‘llaniladi.

Fuqarolik kodeksining 156-moddasida da’vo muddati to‘xtatilishi uchun asos bo‘luvchi holatlar aniq va qat’iy belgilab qo‘yilgan. Ular kengaytirilgan tarzda talqin qilina olmaydi. Masalan, favqulodda holatlar yoki fuqaro sudga murojaat qilish imkoni bo‘lmagan holatlar. Uzilish esa faqat yuqorida aytilgan ikki holat — sudga da’vo kiritilishi yoki qarzdor qarzni tan olishida amal qiladi.

Shu sababli sudlar qarzdorning harakatlariga huquqiy baho berishi va ularni qarzni tan olish deb topsa, muddat uzilgan deb hisoblashi kerak. Uzilishdan keyin esa muddat to‘liq yangidan boshlanadi.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i B.Mavlanov