Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Pensiya yoshidagi xodimni ishdan ozod qilish tartibi haqida


Pensiya yoshidagi xodimni ishdan ozod qilish tartibi haqida

Qonunchilikka ko‘ra, xodimning pensiya yoshiga yetgani uning ishdan chiqishi uchun avtomatik asos hisoblanmaydi. Ya’ni, u faqat o‘z xohishi bilan ariza yozsa, ishdan bo‘shashi mumkin. Agar u rozi bo‘lmasa, uni "pensiyaga chiqdi" degan bahona bilan ishdan ozod qilish qonuniy emas.

Shuning uchun ish beruvchi sifatida siz faqat Mehnat kodeksining 155-moddasida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha shartnomani bekor qilishingiz mumkin. Masalan, xodim mehnat intizomini buzsa, ishni sifatsiz bajarsa yoki boshqa qonuniy asoslar mavjud bo‘lsa, tegishli tartibda rasmiylashtirib ishdan ozod qilish mumkin.

Biroq xodimning pensiyada ekanligi yoki ariza yozmagani uni ishdan chiqarish uchun yetarli asos bo‘lmaydi. Demak, bu vaziyatda qonun talablariga rioya qilib, ishdan bo‘shatish uchun aniq va asoslangan holat kerak bo‘ladi.

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i B.Mavlanov