Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Ta’til kunlari hisobida yo‘l qo‘yiladigan xatolar


Ta’til kunlari hisobida yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Xodimning yillik mehnat ta’tili 38 kun etib belgilangan. Agar u joriy ish yilida 5 oy ishlab, keyin ishdan bo‘shasa, unga qancha kunlik pulli kompensatsiya to‘lanishi kerak bo‘ladi?

Amalda ko‘pchilik bunday holatda 38 kunni 12 oyga bo‘lib, chiqqan natijani butun songa yaqinlashtirib yuborishadi. Masalan, 38/12 = 3.16 kun. Shundan keyin “3 kun” deb qabul qilib, ishlangan 5 oyga ko‘paytirilganda 15 kunlik kompensatsiya hisoblab chiqariladi. Lekin bu usul noto‘g‘ri.

To‘g‘ri hisob-kitob quyidagicha amalga oshiriladi: 38/12 = 3.166 kun. Keyin bu natija 5 oyga ko‘paytiriladi: 3.166 × 5 = 15.833 kun. Bu yerda chiqqan 0.833 kun Mehnat kodeksining 224-moddasiga ko‘ra yaqinlashtiriladi va 1 kun deb qabul qilinadi. Demak, xodimga 15 kun emas, balki 16 kunlik pulli kompensatsiya to‘lanishi shart.

Mehnat kodeksining 224-moddasida (https://lex.uz/docs/6257288) aniq qayd etilganidek, har yilgi mehnat ta’tili davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib aniqlash uchun umumiy ta’til kunlari soni 12 oyga bo‘linadi va xodim tomonidan ishlangan to‘liq oylar soniga ko‘paytiriladi. Hisob-kitob jarayonida chiqqan natijada 0,5 kun yoki undan ortiq bo‘lgan qismi bir kun deb qabul qilinadi, 0,5 kundan kam bo‘lsa e’tiborga olinmaydi.

Misol uchun, agar xodim yil davomida 4 oy ishlagan bo‘lsa, 38/12 = 3.166 kun. Keyin 3.166 × 4 = 12.666 kun. Bu yerda 0.666 kun yaqinlashtirilib, 13 kun deb hisoblanadi.

Shuning uchun har bir ish beruvchi kompensatsiya hisoblaganda okruglash qoidasini inobatga olishi kerak, aks holda xodimning haq-huquqi kamsitilishi mumkin.

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i B.Mavlanov