Янгиликлар
Fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzish to‘liq cheklanmagan.
Fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzish to‘liq cheklanmagan.
Ko‘pchilik fuqarolik-huquqiy shartnomalar Mehnat kodeksida bekor bo‘ldi deb noto‘g‘ri xulosaga kelmoqda. Masalani misollar bilan tushuntirishga xarakat qilamiz.
Mehnat kodeksining 11-moddasi 3-qismida xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni haqiqatda tartibga soladigan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar tuzish taqiqlanshi belgilab qo‘yildi.
Mazkur moddaning oxirgi qismiga ko‘ra agar shaxsiy mehnatdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida yuzaga kelgan bo‘lsa, biroq keyinchalik ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan tartibda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etilgan bo‘lsa, bunday munosabatlarga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar qoidalari qo‘llanishi belgilangan.
Ya’ni ko‘pchilik moddani noto‘g‘ri talqin qilmoqda aslida esa qanday?
Sodda qilib tushuntirganda, ish beruvchi shtat birligidagi lavozim ishini fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida bajartirishi cheklanmoqda. Masalan, korxonada yurist lavozimi bor ammo bu lavozimda xodim bo‘lmasa, odatda korxonalar fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida yuristga haq to‘lab ishini bajartirgan. Va unga mehnatga qobilyatsizlik nafaqasi ham va boshqa to‘lovlarni ham to‘lamagan. Yangi kodeks bilan shunday holatlar cheklanmoqda.
Boshqa holatlar masalan siz pudrat shartnomasi asosida korxonangizni ta’mirlatmoqchisiz bu holat va boshqa shunga o‘xshash holatlarda bemalol fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlashingiz mumkin.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i B.Mavlanov