Янгиликлар
Xodimning ishdan bo‘shatishda kasaba uyushmasining xulosasini olish tartibi qanday?
Xodimning ishdan bo‘shatishda kasaba uyushmasining xulosasini olish tartibi qanday?
Mehnat kodeksining 164-moddasida manashunday hodimlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qoida bor. Agar jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo‘lsa, mehnat shartnomasini bunday roziliksiz bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kasaba uyushmasining xulosasini olish tartibi qanday?
Kasaba uyushmasi roziligini olish uchun unga taqdimnoma kiritiladi, kasaba uyushmasi 10 kunda uni ko‘rib chiqib xulosa berishi kerak.
Mazkur xuloa 1 oy amal qiladi, 1 oydan keyin mazkur xulosa bilan xodimni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi. O‘z vaqtida xulosa berilmasa, xodim kasaba uyushmasi roziligisiz ishdan bo‘shatilishi mumkin.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i B.Mavlanov