Янгиликлар
Ishdan bo’shash va ishga kirish to’g`risidagi buyruqda xodimning imzosi bo’lishi majburiymi?
Ishdan bo’shash va ishga kirish to’g`risidagi buyruqda xodimning imzosi bo’lishi majburiymi?
Ish beruvchining xodimni ishga qabul qilish haqidagi buyrug‘i mehnat shartnomasida kelishilgan shartlarga muvofiq bo‘lishi lozim. Mazkur buyruq xodimga ish boshlagan kundan e’tiboran uch kun muddat ichida imzo qo‘ydirilgan holda e’lon qilinadi (Mehnat kodeksi 127-modda). Shuningdek, xodimning talabiga ko‘ra, ish beruvchi unga bu buyruqning tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini taqdim etishi shart.
Xodim ishdan bo‘shatilgan taqdirda esa, ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni unga mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini topshirishi shart (Mehnat kodeksi 171-modda).
Shu bois, xodimning buyrug‘iga imzo qo‘yishi majburiy hisoblanadi, chunki imzo orqali u mazkur buyruq bilan tanishganini tasdiqlaydi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsulti
M.Ahmadov